#Doimiy_komissiya_faoliyati
#19_1_modda
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi O‘.Omonov tomonidan “Beshqo‘rg‘on” mahallasidagi 16-son umumta’lim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari joyida o‘rganildi.
O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PQ-454-son qaroriga muvofiq maktabda amalga oshirilgan qurilish va ta’mirlash ishlari, ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanish, yaratilgan shart-sharoitlar hamda obyektning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, bajarilgan ishlarning sifati, ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga rioya etilishi hamda belgilangan vazifalarning amaldagi ijrosi yuzasidan mas’ullar bilan muhokama o‘tkazildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|