35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi O‘.Omonov tomonidan “Beshqo‘rg‘on” mahallasidagi 16-son umumta’lim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari joyida o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2-Dehqonobod saylov okrugidan saylangan deputati S.Maxkamov Juvozxona mahallasida bo‘lib, mahalla raisi bilan birgalikda hududda o‘rnatilgan quyosh panellarining ishlash holati va ulardan foydalanish samaradorligini joyida o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zosi F.O‘ktamov tomonidan Ahmad Yassaviy mahallasida amalga oshirilayotgan avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov kunlik ish rejasiga muvofiq, tuman Kengashi deputati O‘.Omonov bilan birgalikda Beshqo'rg'on mahallasida joylashgan 15-sonli umumta’lim maktabida amalga oshirilayotgan ishlar hamda belgilangan dasturlar ijrosi bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A.Maxammatov tomonidan 4-maktabda olib borilayotgan qurilish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova tomonidan Go‘zal mahallasida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularning murojaat va takliflari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2-“Dehqonobod” saylov okrugidan saylangan deputati Maxkamov Sobir Tuxtamishovich tomonidan tumandagi 54-son umumta’lim maktabida yangi 2026–2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 8-O‘rtato‘sin saylov okrugidan saylangan deputati B.Shakarov tomonidan G‘allakor mahallasida profilaktika inspektorlari bilan birgalikda Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan 2026-yil II choragida huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati yuzasidan tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i hisobotiga oid masalalar yuzasidan o‘rganish olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Z.Turdiyev tomonidan 9-Botmon saylov okrugi hududida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularning taklif va murojaatlari tinglandi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-yanvardagi 1-sonli “Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish, umumiy xavfsizlik talablariga rioya etilishi holati yuzasidan masala muhokama qilindi.
Kengash_faoliyati

#haftalik_ish_reja
#162_qonun
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#murojaat_daftari
#24_ustuvor_yoʻnalish
#mahalla_yettiligi

QONUN USTUVORLIGI VA IJTIMOIY HIMOYA NAZORATDA: "Bandixon" mahallasida Rais, Profilaktika inspektori va Ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
Xavfsiz mahalla va jinoyatchilik profilaktikasi masalalari doimiy komissiyalar muhokamasida

Bandixon tumanida mahalla tizimida ochiqlik va natijadorlikni ta’minlash, aholining ijtimoiy-huquqiy himoyasini kuchaytirish hamda "mahalla yettiligi" faollari hamkorligini tizimli tahlil qilish borasidagi deputatlik nazorati izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining 1-“Bandixon” saylov okrugidan saylangan deputati Hasan Aliqulovich Abdimo'minov hamda tuman Kengashi kotibiyati xodimi E.Eshonqulovlar “Bandixon” mahallasida bo‘lib, navbatdagi nazorat-tahlil tadbirlarini o‘tkazdilar.

Mazkur o‘rganish jarayonlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi PF–116-sonli “Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni hamda deputatlar faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari doirasida tashkil etildi.

Tashrif davomida deputat va kotibiyat mutaxassisi mahallaning uchta eng muhim bo‘g‘ini faoliyatini tegishli qonun hujjatlari ijrosi kesimida atroflicha ko‘rib chiqdilar:

1. Mahalla raisining ish yurituv tizimi (PF-116 doirasida):

Yangi Farmon talablaridan kelib chiqib, mahalla raisining "mahalla yettiligi" faoliyatini samarali muvofiqlashtirishi, aholi murojaatlari bilan "xonadonbay" ishlash hamda muammolarni erta aniqlash tizimi holati o‘rganildi.

2. Profilaktika inspektori faoliyati (O‘RQ-371 doirasida):

O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asosida mahalla hududida jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikning barvaqt oldini olish hamda profilaktik nazoratda turuvchi shaxslar bilan tizimli ishlash ahvoli tahlil qilindi.

3. Ijtimoiy xodim faoliyati (O‘RQ-415 doirasida):

O‘zbekiston Respublikasining “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, mahalladagi o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksalar, nogironligi bor fuqarolar va ehtiyojmand oilalarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordamlarning sifati va manzilliligi ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, Prezidentimiz tomonidan belgilangan ustuvor vazifalar ijrosi hamda "Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi" doirasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishildi.

O‘rganish yakunida aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda mahalla xodimlari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Qonun ustuvorligi, ochiqlik va xalq manfaatlari yo‘lida deputatlik nazorati izchil davom etadi.

Slide 1 of 4