35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi O‘.Omonov tomonidan “Beshqo‘rg‘on” mahallasidagi 16-son umumta’lim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari joyida o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2-Dehqonobod saylov okrugidan saylangan deputati S.Maxkamov Juvozxona mahallasida bo‘lib, mahalla raisi bilan birgalikda hududda o‘rnatilgan quyosh panellarining ishlash holati va ulardan foydalanish samaradorligini joyida o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zosi F.O‘ktamov tomonidan Ahmad Yassaviy mahallasida amalga oshirilayotgan avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov kunlik ish rejasiga muvofiq, tuman Kengashi deputati O‘.Omonov bilan birgalikda Beshqo'rg'on mahallasida joylashgan 15-sonli umumta’lim maktabida amalga oshirilayotgan ishlar hamda belgilangan dasturlar ijrosi bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova tomonidan Go‘zal mahallasida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularning murojaat va takliflari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A.Maxammatov tomonidan 4-maktabda olib borilayotgan qurilish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2-“Dehqonobod” saylov okrugidan saylangan deputati Maxkamov Sobir Tuxtamishovich tomonidan tumandagi 54-son umumta’lim maktabida yangi 2026–2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 8-O‘rtato‘sin saylov okrugidan saylangan deputati B.Shakarov tomonidan G‘allakor mahallasida profilaktika inspektorlari bilan birgalikda Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan 2026-yil II choragida huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati yuzasidan tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i hisobotiga oid masalalar yuzasidan o‘rganish olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Z.Turdiyev tomonidan 9-Botmon saylov okrugi hududida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularning taklif va murojaatlari tinglandi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-yanvardagi 1-sonli “Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish, umumiy xavfsizlik talablariga rioya etilishi holati yuzasidan masala muhokama qilindi.
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Abdujalil Xasanov 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Abdujalil Xasanov 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

🏛 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Abdujalil Xasanov 10-"Ahil" saylov okrugi saylovchilari bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazib, 2026-yilning ikkinchi choragi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot taqdim etdi. Tadbirda Olmazor tumani hokimligi mas’ul xodimlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari raisi, "mahalla yettiligi" vakillari, ko‘chaboshilar, uyboshilar hamda faol fuqarolar ishtirok etdi.

📝 Ta’kidlanganidek, deputat hisobot davrida Olmazor tumani Kengashining 3 ta sessiyasi hamda 5 ta doimiy komissiya yig‘ilishida faol ishtirok etib, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi salomatligini mustahkamlash, obodonlashtirish, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash va fuqarolar murojaatlarini samarali hal etishga qaratilgan masalalar yuzasidan o‘z takliflarini ilgari surdi.

🗣 Hisobotda qayd etilishicha, 10-"Ahil" saylov okrugiga kiruvchi 2 ta mahallada deputatlik faoliyati tizimli yo‘lga qo‘yilgan. Mahalla fuqarolar yig‘inlari binolariga deputat qabuli jadvali hamda murojaatlar uchun aloqa ma’lumotlari joylashtirilgan. Ikkinchi chorak davomida 3 ta sayyor qabul tashkil etilib, ularda 33 nafardan ortiq fuqaro bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Fuqarolardan kelib tushgan 7 ta murojaat va taklif o‘rganilib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rildi.

📉 Deputat tomonidan hisobot davrida 3 ta deputatlik so‘rovi tegishli davlat organlariga yuborildi. Jumladan, Olmazor tumani “Ahil” MFY “Orif Xatamov” ko‘chasi hududida elektr energiyasi iste’moli keskin ortgani sababli mavjud transformatorning quvvati yetarli bo‘lmayotgani, buning natijasida elektr ta’minotida uzilishlar hamda kuchlanishning pasayishi holatlari tez-tez kuzatilayotgani, ayniqsa yuqori yuklama vaqtlarida aholi elektr energiyasidan uzluksiz foydalanishida muammolar yuzaga kelayotgani qayd etilgan. Mazkur mavjud transformatorning texnik holati va yuklama darajasiga baho berishingizni hamda zarurat mavjud bo‘lgan taqdirda mahalla hududiga qo‘shimcha transformator o‘rnatish masalasini qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi qayd etilgan.

🔺 Hisobot davomida 10-"Ahil" saylov okrugidagi 2 ta mahalla "yettiligi" faoliyati ham atroflicha o‘rganilgani, ularning ish samaradorligi tahlil qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqilgani ta’kidlandi.

📋 Yakunda deputat saylovchilar bilan ochiq muloqotni izchil davom ettirish, hududlarda aniqlanayotgan muammolarni mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish hamda aholi manfaatlarini ta’minlash deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolishini alohida ta’kidladi.
Slide 1 of 7