35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2-Dehqonobod saylov okrugidan saylangan deputati S.Maxkamov Juvozxona mahallasida bo‘lib, mahalla raisi bilan birgalikda hududda o‘rnatilgan quyosh panellarining ishlash holati va ulardan foydalanish samaradorligini joyida o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi O‘.Omonov tomonidan “Beshqo‘rg‘on” mahallasidagi 16-son umumta’lim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari joyida o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zosi F.O‘ktamov tomonidan Ahmad Yassaviy mahallasida amalga oshirilayotgan avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov kunlik ish rejasiga muvofiq, tuman Kengashi deputati O‘.Omonov bilan birgalikda Beshqo'rg'on mahallasida joylashgan 15-sonli umumta’lim maktabida amalga oshirilayotgan ishlar hamda belgilangan dasturlar ijrosi bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A.Maxammatov tomonidan 4-maktabda olib borilayotgan qurilish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova tomonidan Go‘zal mahallasida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularning murojaat va takliflari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2-“Dehqonobod” saylov okrugidan saylangan deputati Maxkamov Sobir Tuxtamishovich tomonidan tumandagi 54-son umumta’lim maktabida yangi 2026–2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 8-O‘rtato‘sin saylov okrugidan saylangan deputati B.Shakarov tomonidan G‘allakor mahallasida profilaktika inspektorlari bilan birgalikda Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan 2026-yil II choragida huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati yuzasidan tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i hisobotiga oid masalalar yuzasidan o‘rganish olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Z.Turdiyev tomonidan 9-Botmon saylov okrugi hududida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularning taklif va murojaatlari tinglandi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-yanvardagi 1-sonli “Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish, umumiy xavfsizlik talablariga rioya etilishi holati yuzasidan masala muhokama qilindi.
Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar
#qonunchilikdagi_yangiliklar #162_ta_eng_muhim_qonun #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar

🏛 Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya faoliyatida hayvonot va o‘simlik dunyosini muhofaza qilish, biologik xilma- asrash, ekologik muvozanatni ta’minlash hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga qaratilgan qonun hujjatlarini chuqur o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi.

📝 Tabiat asrab-avaylash, noyob flora va fauna turlarini muhofaza qilish, o‘rmon fondini kengaytirish, o‘simliklar va hayvonlar salomatligini ta’minlash hamda ekologik qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish bugungi islohotlarning muhim yo‘nalishlaridan biridir.

📁 Hayvonot va o‘simlik dunyosi sohasi bo‘yicha o‘rganilishi lozim bo‘lgan muhim qonunlar:

📝 “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (yangi tahrir)

📆 №O‘RQ-408 | Qabul qilingan sana: 19.09.2016

🔺 Mazkur qonun hayvonot dunyosini muhofaza qilish, biologik xilma-xillikni saqlash va yovvoyi hayvonlardan oqilona foydalanishning huquqiy asoslarini belgilaydi.

📝 “Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro‘yxatga olish va kuzatish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

📆 №O‘RQ-1079 | Qabul qilingan sana: 06.08.2025

🔺 Ushbu qonun hayvonlarni identifikatsiya qilish, ularni yagona hisobga olish va kuzatish tizimini joriy etish orqali veterinariya xavfsizligi hamda epizootik barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.

📝 “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (yangi tahrir)

📆 №O‘RQ-409 | Qabul qilingan sana: 21.09.2016

🔺 Mazkur qonun o‘simlik dunyosini muhofaza qilish, tabiiy o‘simlik resurslaridan oqilona foydalanish va biologik xilma-xillikni saqlashning huquqiy asoslarini belgilaydi.

📝 “O‘simliklarni himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

📆 №O‘RQ-877 | Qabul qilingan sana: 09.11.2023

🔺 Qonun qishloq xo‘jaligi ekinlari va o‘simliklarni kasalliklar, zararkunandalar hamda begona o‘tlardan himoya qilish, hosildorlikni oshirish va fitosanitar xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan.

📝 “O‘simliklar karantini to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (yangi tahrir)

📆 №O‘RQ-484 | Qabul qilingan sana: 09.07.2018

🔺 Ushbu qonun karantin ostidagi zararli organizmlarning tarqalishining oldini olish, fitosanitar nazoratni kuchaytirish va o‘simlik resurslarini muhofaza qilishga xizmat qiladi.

📝 “O‘rmon to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (yangi tahrir)

📆 №O‘RQ-475 | Qabul qilingan sana: 16.04.2018

🔺 Mazkur qonun o‘rmon fondini muhofaza qilish, ko‘paytirish, tiklash hamda o‘rmon resurslaridan barqaror va oqilona foydalanishning huquqiy asoslarini belgilaydi.

📝 O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

📆 VIII, IX va X boblar

🔺 Mazkur normalar ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiatdan foydalanish, sanoat, qurilish, energetika, qishloq xo‘jaligi hamda veterinariya sohalarida qonunchilik talablarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik choralarini belgilaydi.

💡 Ushbu qonun hujjatlarini puxta o‘rganish mahalliy Kengash deputatlariga hayvonot va o‘simlik dunyosini muhofaza qilish, ekologik muvozanatni saqlash, biologik xilma- asrash, fitosanitar va veterinariya xavfsizligini ta’minlash hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga qaratilgan islohotlarni samarali qo‘llab-quvvatlashda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash
Slide 1 of 1