35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining navbatdagi 29-sessiyasida viloyat Kengashi deputatlari Nurmatova Nilufar Ziyadullayevna, Yusupova Zebiniso Abdusattorovna hamda Norboyeva Sohiba Otakulovnalar ishtirok etishdilar.
янв.21
Payariq tumanida 2026-yilning I yarim yilligida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tuman hokimi Xudayberdiyev Shunqor Farmonovichning hisoboti sessiya kun tartibida ko'rib chiqildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov kunlik ish rejasiga muvofiq, Baxrin mahallasi fuqarolar yig‘ini raisi ishtirokida Baxrin mahallasining Yuqori Baxrin qishlog‘ida bo‘ldi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasi ishida ovozlarni hisoblash, ovoz berish natijalarini aniqlash hamda nizoli masalalarni hal etish maqsadida deputatlar orasidan sanoq komissiyasi tuzildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasida sessiya kotibi etib 21-Zarafshond saylov okrugidan saylangan deputat Mirzaqulov Shoxrux Urinovich nomzodi taklif etildi va deputatlar tomonidan tasdiqlandi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi faoliyati doirasida komissiya raisi o‘rinbosari Z.Turdiyev tomonidan Boshcho'rosh mahallalarda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va qurilish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining navbatdagi yigirma to‘qqizinchi sessiyasi o‘z ishini boshladi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M. Shovqiddinov tomonidan 17-Tomoyrot saylov okrugida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-son "Yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati F.Dexkonova tomonidan yuborilgan deputatlik so‘roviga tuman elektr tarmoqlari UK boshlig‘i B.Ulug‘murodovdan javob olindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 23-Pong saylov okrugidan saylangan deputati M.Nurmanova tomonidan Ernazarqo‘rg‘on mahallasida fuqarolardan kelib tushgan murojaat joyiga chiqib o‘rganildi.
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni

#huquqiy_axborot_soati

🏛 Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni

"Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida"

I. UMUMIY QOIDALAR
Madaniy meros obyektlari xalqimizning ko‘p asrlik tarixi, milliy qadriyatlari, urf-odatlari va ma'naviy boyligining ajralmas qismidir. Ularni asrab-avaylash, muhofaza qilish hamda kelajak avlodlarga butun holda yetkazish har birimizning muhim burchimizdir.
Mazkur Qonun madaniy meros obyektlarini aniqlash, hisobga olish, muhofaza qilish, ta'mirlash, restavratsiya qilish va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.

Qonunga ko‘ra:

🔹 madaniy meros obyektlari davlat muhofazasida bo‘ladi;
🔹 ularning tarixiy, ilmiy, badiiy va madaniy qimmatini saqlash ustuvor vazifa hisoblanadi;
🔹 madaniy meros obyektlariga zarar yetkazilishining oldi olinadi hamda ularni asrash yuzasidan qonuniy choralar ko‘riladi;
🔹 madaniy meros obyektlaridan foydalanishda ularning asl qiyofasi va tarixiy ahamiyatini saqlab qolish majburiy hisoblanadi.

Madaniy merosni asrash — tariximizni e'zozlash, milliy o‘zligimizni saqlash va uni kelajak avlodlarga munosib tarzda yetkazish demakdir.