35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi O‘.Omonov tomonidan “Beshqo‘rg‘on” mahallasidagi 16-son umumta’lim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari joyida o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2-Dehqonobod saylov okrugidan saylangan deputati S.Maxkamov Juvozxona mahallasida bo‘lib, mahalla raisi bilan birgalikda hududda o‘rnatilgan quyosh panellarining ishlash holati va ulardan foydalanish samaradorligini joyida o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zosi F.O‘ktamov tomonidan Ahmad Yassaviy mahallasida amalga oshirilayotgan avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov kunlik ish rejasiga muvofiq, tuman Kengashi deputati O‘.Omonov bilan birgalikda Beshqo'rg'on mahallasida joylashgan 15-sonli umumta’lim maktabida amalga oshirilayotgan ishlar hamda belgilangan dasturlar ijrosi bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova tomonidan Go‘zal mahallasida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularning murojaat va takliflari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A.Maxammatov tomonidan 4-maktabda olib borilayotgan qurilish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2-“Dehqonobod” saylov okrugidan saylangan deputati Maxkamov Sobir Tuxtamishovich tomonidan tumandagi 54-son umumta’lim maktabida yangi 2026–2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Z.Turdiyev tomonidan 9-Botmon saylov okrugi hududida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularning taklif va murojaatlari tinglandi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 8-O‘rtato‘sin saylov okrugidan saylangan deputati B.Shakarov tomonidan G‘allakor mahallasida profilaktika inspektorlari bilan birgalikda Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan 2026-yil II choragida huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati yuzasidan tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i hisobotiga oid masalalar yuzasidan o‘rganish olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-yanvardagi 1-sonli “Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish, umumiy xavfsizlik talablariga rioya etilishi holati yuzasidan masala muhokama qilindi.
“Tashabbusli budjet” tizimida yangi imkoniyatlar joriy etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 29-iyundagi PQ–243-son qaroriga muvofiq, “Tashabbusli budjet” tizimini yanada takomillashtirish, deputatlarning ushbu jarayondagi ishtirokini kuchaytirish hamda fuqarolarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi tartiblar joriy etilmoqda.

2026-yil 1-avgustdan boshlab Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlarining “Tashabbusli budjet” jarayonidagi vakolatlari kengaytiriladi. Unga ko‘ra, har bir deputat o‘ziga biriktirilgan saylov okrugi manfaatlaridan kelib chiqib, “Ochiq budjet” axborot portalida bir mavsum uchun ajratilgan mablag‘lar doirasida bir yoki bir nechta loyihani tanlab, ularni qo‘shimcha ravishda g‘olib deb e’lon qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Mazkur yangilik hududlarda dolzarb muammolarni hal etishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Shuningdek, deputatning vakolati muddatidan ilgari tugatilgan taqdirda, “Tashabbusli budjet” jarayonlarida parlament nazoratini amalga oshirish bo‘yicha komissiya qarori asosida tegishli saylov okrugi bo‘yicha qo‘shimcha g‘olib loyihalar boshqa deputatlar tomonidan aniqlanishi belgilandi.

Qarorga muvofiq, 2027-yil 1-yanvardan boshlab fuqarolar sheriklik loyihalarini nafaqat “Ochiq budjet” portali, balki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP), to‘lov tashkilotlari hamda tijorat banklarining mobil ilovalari orqali ham moliyalashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Bundan tashqari, mobil ilovalarda portal bilan integratsiya ta’minlanib, barcha sheriklik loyihalari ro‘yxati hamda “Tashabbusli budjet” jarayonlarining onlayn statistikasi real vaqt rejimida aks ettiriladi. Bu esa jarayonning ochiqligi, shaffofligi va fuqarolar uchun qulayligini yanada oshiradi.

Yana bir muhim yangilik sifatida, qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 2000 baravarigacha bo‘lgan ichki yo‘llarni ta’mirlashga oid sheriklik loyihalarini tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari tomonidan amalga oshirish tartibi joriy etilmoqda.

Mazkur o‘zgarishlar “Tashabbusli budjet” tizimining samaradorligini oshirish, deputatlarning hududlarni rivojlantirishdagi rolini kuchaytirish hamda fuqarolarning tashabbuslarini kengroq qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.