#Kotibiyat_mudiri_faoliyati
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov hamda 1-Do‘stlik saylov okrugidan saylangan deputat O‘.Omonov tomonidan Oqtosh mahallasida joylashgan oilaviy poliklinikada o‘rganish ishlari olib borildi
Uchrashuv davomida tibbiyot muassasasida aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmatlarning sifati, bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar, qabul jarayonining tashkil etilishi hamda muassasaning moddiy-texnik holati o‘rganildi.
Shuningdek, tibbiyot xodimlari bilan muloqot qilinib, mavjud masalalar yuzasidan fikr almashildi va xizmatlar sifatini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar bildirildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|