35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov hamda 1-Do‘stlik saylov okrugidan saylangan deputat O‘.Omonov tomonidan Oqtosh mahallasida joylashgan 19-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining so‘roviga asosan Davlat kadastrlari palatasi Payariq tuman filiali tomonidan Juvozxona mahallasida fuqaro Kubaev Yusuf Muzaffarovichning yer uchastkasi chegaralarini aniqlash yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 10-Darvishiq saylov okrugidan saylangan deputati A. Maxammatov tomonidan Javshar ota mahallasida fuqarolarning murojaatlari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov hamda 1-Do‘stlik saylov okrugidan saylangan deputat O‘.Omonov tomonidan Oqtosh mahallasida joylashgan oilaviy poliklinikada o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Doimiy komissiya qarorida jinoyat sodir etish ko'rsatkichlari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan oshganligi ko'rsatib o'tildi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 1-Do‘stlik saylov okrugidan saylangan deputati O‘.Omonov tomonidan Oqtosh mahallasida joylashgan 8-son oilaviy poliklinikada amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Payariq tumanida 2026-yilning II choragi davomida huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i G‘.Islomovning hisoboti to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi va qaror qabul qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2-Dehqonobod saylov okrugidan saylangan deputati S.Maxkamov tomonidan fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 17-Tomoyrot saylov okrugidan saylangan deputati X.Xudayberdiyeva hamda tuman Kengashi bosh mutaxassisi N.Jazilov tomonidan Ilg‘or mahallasida joylashgan 75-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik doirasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi B.Shakarov hamda tumani Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi bosh mutaxassisi tomonidan Farovon ko‘chasida olib borilayotgan qurilish ishlari joyiga chiqib, o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
deputat_mahallada
deputat_mahallada

Mahalla yoshlar yetakchisi faoliyati samaradorligi holati o‘rganildi

📍Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinov tomonidan mahalla yettiligi faoliyati samaradorligini o‘rganish doirasida Taraqqiyot MFY yoshlar yetakchisi U.Usmanqulova tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.

❗️O‘rganish “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonun, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF–209-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-martdagi 137-son qarori ijrosi doirasida amalga oshirildi.

📌Jarayonda yoshlar bilan manzilli ishlash, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka jalb etish, "Yoshlar daftari" bilan ishlash, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda yoshlar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

📖Shuningdek, mahalladagi yoshlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, ularga amaliy ko‘mak ko‘rsatish, bandligini ta’minlash va mahalla yettiligi bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish yuzasidan tavsiya va takliflar berildi.
Slide 1 of 2