O‘rganish davomida:
davlat idora va tashkilotlari tomonidan o‘tkazilgan sayyor qabullar samaradorligi;
kelib tushgan murojaatlar soni va ularning ijrosi;
hal etilgan murojaatlar hamda amalga oshirilgan ishlar holati atroflicha tahlil qilindi.
O‘rganish yakunida murojaatlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, ularni o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.
Aholi murojaatlari bilan ishlash sifati va ijro intizomi doimiy nazoratda.