#Doimiy_komissiya_faoliyati
#19_1_modda
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi X.Xudayberdiyeva tomonidan Navro‘z mahallasidagi 87-son umumta’lim maktabida fuqarolar murojaatlari o‘rganildi.
Uchrashuv davomida “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ–445, 2017-yil 11-sentabr) mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi. Qonunga muvofiq, fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘z vaqtida, xolis va qonuniy ko‘rib chiqish davlat organlarining muhim vazifalaridan biri ekani ta’kidlandi.
Shuningdek, murojaatlarda ko‘tarilgan masalalar o‘rganilib, ularni qonunchilik talablari asosida hal etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|