Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan joylarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Shu munosabat bilan tuman Kengashi deputati Z. Polvonova, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D. Abdrimova hamda O‘zbekiston XDP Shovot tuman Kengashi raisi O. Akimova tomonidan Madaniyat mahallasida mahalla yettiligining aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida fuqarolar murojaatlari asosan mahalla yettiligining qaysi a’zosi orqali kelib tushayotgani, murojaatlarning mazmuni, ularning yechimi va ijrosi tahlil qilindi. Shuningdek, aniqlangan holatlar O‘zbekiston Respublikasi Xalq qabulxonasi tomonidan sessiyaga kiritilgan axborotlar bilan solishtirilib, ularning o‘zaro muvofiqligi ko‘rib chiqildi.
Mazkur o‘rganishlar deputatlik nazoratini kuchaytirish, aholi murojaatlariga o‘z vaqtida va samarali yechim topish hamda sessiyada muhokama qilinadigan masalalar bo‘yicha asosli xulosalar shakllantirishga xizmat qiladi.