#162_Qonun
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov hamda tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari M.Alibekov tomonidan Baxrin mahallasida ikkinchi ekinlar yetishtirilayotgan maydonlar joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish "Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablaridan kelib chiqib tashkil etilib, dehqon xo‘jaliklarida yer maydonlaridan samarali foydalanish, ikkinchi ekinlarni ekish va parvarishlash ishlari hamda agrotexnik tadbirlarning bajarilish holati tahlil qilindi.
Shuningdek, ekin maydonlarining holati, sug‘orish jarayoni, hosildorlikni oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirilib, dehqon xo‘jaliklari faoliyatini yanada samarali tashkil etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|