#162_Qonun
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 15-Toshhovuz saylov okrugidan saylangan deputati F.Dehkonova mahalla profilaktika inspektori bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining "Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida"gi Qonuni ijrosi yuzasidan hududda amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.
O‘rganish davomida huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning kelib chiqishiga sabab bo‘layotgan omillarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish, fuqarolar, ayniqsa yoshlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish hamda qonunlarga hurmat ruhini mustahkamlash borasida olib borilayotgan profilaktik tadbirlar muhokama qilindi.
Shuningdek, mahallada jamoat tartibini saqlash, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy muhitni barqarorlashtirish hamda profilaktika inspektori tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|