#Deputat_sorovi_javobi
Musurmonov Maqsud Musurmon o'g'lining so‘roviga Payariq tumani hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig`ining birinchi o`rinbosari F.Uktamovdan javob olindi.
Deputatlik so‘rovi asosida “Birlashuv” mahallasidagi ichki yo‘llarda yuzaga kelgan tuproq uyumlari holati o‘rganildi.
O‘rganish natijasida mazkur tuproq uyumlari belgilangan tartibda olib chiqilib, hudud obodonlashtirildi hamda yo‘l qatnovi uchun qulay sharoit yaratildi.
Shuningdek, mas’ul tashkilotlar tomonidan holat nazoratga olinib, kelgusida shu kabi muammolarning oldini olish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|