Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi raisi O‘.Xoshimov og‘ir toifaga kiritilgan “To‘g‘on” mahallasida aholi uchun qulay infratuzilma obyektlarini barpo etish ishlarining borishini o‘rgandi.
Jumladan mahallada elektr tarmoqlarini yaxshilash 4 km yangi tarmoq tortish va beton ustunlar o‘rnatish hamda 1 dona yangi transformator o‘rnatish rejalashtirilgan bo‘lib, ayni paytda temir beton ustunlar o‘rnatish jarayoni bilan tanishdi.
Amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari hudud infratuzilmasini yanada yaxshilash, aholiga qulay, xavfsiz va zamonaviy sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.