#24_ta_masala
#deputat_daftari
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 16-Mustaqillik saylov okrugidan saylangan deputati M.Kazakova tashabbusi bilan Birlashuv mahallasida xotin-qizlar bandligini ta’minlash hamda ularning murojaatlarini o‘rganishga qaratilgan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida ishsiz xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun mavjud imkoniyatlar yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularning yechimi yuzasidan tegishli mas’ullarga tavsiyalar berildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|