Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati, Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi o‘rinbosari Z. Turdiyev hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri J. Axunov tomonidan Javshar ota mahallasi fuqarolar yig‘ini raisining faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 16-Mustaqillik saylov okrugidan saylangan deputati M.Kazakova tashabbusi bilan Birlashuv mahallasida faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimning xizmat faoliyati navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala doirasida o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 16-Mustaqillik saylov okrugidan saylangan deputati M.Kazakova tashabbusi bilan Birlashuv mahallasida xotin-qizlarning murojaatlari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati, Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi o‘rinbosari Z.Turdiyev tomonidan Alisher Navoiy mahallasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 15-Toshhovuz saylov okrugidan saylangan deputati F.Dehkonova mahalla profilaktika inspektori bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining "Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida"gi Qonuni ijrosi yuzasidan hududda amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova tomonidan Maniobod mahallasida xotin-qizlar bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularning murojaat va takliflari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi raisi A.Tavboyev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Jazilov tomonidan tuman Yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i A.Sunnatov ishtirokida yoshlar bilan ishlash tizimida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati, Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi o‘rinbosari Z.Turdiyev tomonidan Javshar ota mahalla fuqarolar yig‘ini binosida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova tomonidan Go‘zal mahallasidagi bolalar maydonchasi holati yuzasidan ota-onalar tomonidan bildirilgan murojaatlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 15-Toshhovuz saylov okrugidan saylangan deputati F.Dehkonova tomonidan tuman Nogironlar jamiyati tuman bo‘limi xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Bitiruvchi yoshlar bilan kasb-hunar tanlash masalalari muhokama qilindi

#24_ta_masala

Bitiruvchi yoshlar bilan kasb-hunar tanlash masalalari muhokama qilindi

☯️Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashi deputati R.Djo‘rayev tomonidan bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularning kelgusida munosib kasb egallashi hamda mehnat bozorida o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish masalalari yuzasidan amaliy tushuntirish ishlari olib borildi.

☯️Suhbat davomida yoshlarning qiziqishi va qobiliyatidan kelib chiqib kasb tanlashning ahamiyati, bugungi kunda mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar, kasb-hunar egallash orqali bandlikni ta’minlash imkoniyatlari hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha mavjud imtiyoz va imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

☯️Shuningdek, bitiruvchilarga kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyati, o‘qishni davom ettirish istiqbollari va o‘z ustida muntazam ishlashning ahamiyati yuzasidan tavsiyalar bildirildi.

☯️Yoshlarning kelajagini to‘g‘ri rejalashtirish, ularni zamonaviy kasb-hunarlarga yo‘naltirish va bandligini ta’minlash borasidagi targ‘ibot-tushuntirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

🇺🇿🏛🇺🇿 Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashi
Telegram | Facebook | Instgram | YouTube