Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Sh.Mirzaqulov tomonidan Tomoyrot mahallasida joylashgan 7-son oilaviy poliklinikada aholini dori-darmon vositalari bilan ta’minlash holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi raisi A.Tavboyev hamda Kengash bosh mutaxassisi N.Jazilov tomonidan tumanning Gulzor mahallasida olib borilayotgan xatlov ishlari jarayoni bilan yaqindan tanishildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 7-Boshcho‘rosh saylov okrugidan saylangan deputati J.Axunov hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti tuman rahbari O‘.Egamberdiyev ishtirokida Xosa mahallasida obodonlashtirish holatini o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 16-Mustaqillik saylov okrugidan saylangan deputati M.Kazakova tashabbusi bilan Birlashuv mahallasida xotin-qizlar bandligini ta’minlash hamda ularning murojaatlarini o‘rganishga qaratilgan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi M. Kazakova tomonidan Birlashuv mahallasida deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi kotibi N. Ochilova tomonidan tuman Pensiya jamg‘armasi xodimlari ishtirokida huquqiy tushuntirishlar berildi.
янв.21
Payariq tumani hokimi, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Sh.Xudayberdiyev O‘zbekiston mahallalari uyushmasi viloyat boshqarmasi boshlig‘i I.Jabborov Choshtepa mahallasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova tomonidan Payariq tumani Pensiya jamg‘armasi boshlig‘i A.Tursunov faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 10-Darvishiq saylov okrugidan saylangan deputati A.Maxammatov, tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti tumani rahbari O‘.Egamberdiyev ishtirokida Qirqovul mahallasida navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati, Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi B.Shakarov tomonidan Nakurt mahallasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish hamda hududning ekologik holatini yaxshilashga qaratilgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.
Deputat biriktirilgan tashkilot faoliyatini o‘rgandi.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining 17-Yangi hayot saylov okrugidan saylangan deputat Mustafo Sadatov o‘ziga biriktirilgan Angor tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish jarayonida markaz tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifati, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida va samarali ko‘rib chiqish tizimi, ehtiyojmand oilalar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, markazda yaratilgan shart-sharoitlar, xizmat ko‘rsatish jarayonining tashkil etilishi hamda mavjud imkoniyatlar bilan tanishildi.

Muloqot davomida markaz faoliyatini yanada takomillashtirish, aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning sifati va manzilliligini oshirish, murojaatlar bilan ishlash samaradorligini kuchaytirish hamda fuqarolarga qulay va zamonaviy xizmat ko‘rsatish tizimini rivojlantirish yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Mazkur o‘rganish deputatlik nazorati doirasida davlat organlari faoliyatining ochiqligi va samaradorligini ta’minlash, aholining ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish hamda fuqarolar manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan muhim amaliy ishlardan biri bo‘ldi.

Slide 1 of 2