Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 12-Yangiobod saylov okrugidan saylangan deputati N.Parmanova tomonidan saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv o'tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi B. Shakarov tomonidan Mirzo Ulug‘bek mahallasida O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 21-maydagi “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘RQ-539-son Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 21-Zarafshon saylov okrugidan saylangan deputati Sh.Mirzaqulov tomonidan Choshtepa mahallasida fuqarolar murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Sh. Mirzaqulov tomonidan Tomoyrot mahallasida xotin-qizlar bilan olib borilayotgan ishlar hamda ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi M. Kazakova tomonidan Birlashuv mahallasi hokim yordamchisi faoliyati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi raisi A.Tavboyev hamda tuman Kengash bosh mutaxassisi N.Jazilov tomonidan Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida o‘rganish olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Sh.Mirzaqulov tomonidan Tomoyrot mahallasida joylashgan 7-son oilaviy poliklinikada aholini dori-darmon vositalari bilan ta’minlash holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi raisi A.Tavboyev hamda Kengash bosh mutaxassisi N.Jazilov tomonidan tumanning Gulzor mahallasida olib borilayotgan xatlov ishlari jarayoni bilan yaqindan tanishildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 7-Boshcho‘rosh saylov okrugidan saylangan deputati J.Axunov hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti tuman rahbari O‘.Egamberdiyev ishtirokida Xosa mahallasida obodonlashtirish holatini o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 16-Mustaqillik saylov okrugidan saylangan deputati M.Kazakova tashabbusi bilan Birlashuv mahallasida xotin-qizlar bandligini ta’minlash hamda ularning murojaatlarini o‘rganishga qaratilgan uchrashuv o‘tkazildi.
Jo‘rabek mahallasida kanalizatsiya tizimi bilan bog‘liq muammo deputatlik nazoratiga olindi

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Jo‘rabek mahallasida kanalizatsiya tizimi bilan bog‘liq muammo deputatlik nazoratiga olindi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Mirzag‘olib Tillyashayxov Yashnobod tumanidagi "Jo‘rabek" mahallasida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan kanalizatsiya tizimi bilan bog‘liq muammoni joyiga chiqib o‘rgandi hamda aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

🤝 O‘rganish ishlarini samarali tashkil etish va deputatlik faoliyatini hududlarda tizimli yo‘lga qo‘yish maqsadida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Muzaffar Yusubov tashkiliy hamda amaliy ko‘mak ko‘rsatdi. Tadbirda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar partiya tashkiloti raisi Sevara Fayziyeva, Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi kotibiyati mudiri Alisher Kerimov, tuman Kengashi deputati Tuxfaxon Axmedova, mahalla yettiligi, mahalla faollari, nuroniylar hamda fuqarolar ishtirok etdi.

📝 Muloqot davomida mahalla yettiligi faoliyati, hududdagi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi, kommunal xizmatlar sifati hamda fuqarolarni uzoq yillardan buyon qiynab kelayotgan dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi. Xususan, Muxtor Ashrafiy 1-tor ko‘chasi bo‘ylab joylashgan xonadonlarda markazlashgan kanalizatsiya tarmog‘ining mavjud emasligi sababli yuzaga kelayotgan sanitariya-gigiyena muammolari joyida o‘rganildi.

💡 Fuqarolar ta’kidlashicha, hududda kanalizatsiya tarmog‘ini qurish bo‘yicha avval ham bir necha bor rejalar ishlab chiqilgan bo‘lsa-da, amaliy ishlar bugungi kunga qadar boshlanmagan. Natijada aholi oqova suvlarni septik chuqurlarga yig‘ishga majbur bo‘lib, bu esa ekologik holatning yomonlashuvi, noxush hidlarning tarqalishi va yer osti suvlari ifloslanishi xavfini yuzaga keltirmoqda.

🔺 Deputat Mirzag‘olib Tillyashayxov mavjud vaziyat bilan bevosita tanishib, fuqarolar murojaatlarini tingladi hamda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda mazkur hududda markazlashgan kanalizatsiya tizimini barpo etish bo‘yicha amaliy choralarni ko‘rish zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, mazkur masala yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborish, loyiha hujjatlarini shakllantirish va muammoning yechimini jadallashtirish bo‘yicha tashabbuslar ilgari surilishi qayd etildi.

✅ Yakunda fuqarolarning yashash sharoitlarini yaxshilash, ekologik va sanitariya xavfsizligini ta’minlash, kommunal infratuzilmani rivojlantirish hamda aholi murojaatlariga o‘z vaqtida amaliy yechim topish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani ta’kidlanib, ushbu masala deputatlik nazoratiga olindi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10