Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 13-O‘zbekiston saylov okrugidan saylangan deputati F.Shakarov tomonidan O‘zbekiston mahallasidagi 92-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida "Dolzarb 90 kun" dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 13-O‘zbekiston saylov okrugidan saylangan deputati F.Shakarov tomonidan O‘zbekiston mahallasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi B. Shakarov tomonidan O‘zbekiston mahallasida "Yo‘l dasturi" doirasida amalga oshirilayotgan ishlar deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov hamda "Madad" nodavlat notijorat tashkiloti tuman rahbari O‘.Egamberdiyev tomonidan Go‘zal mahallasida mahalla raisi bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov hamda Toxirshayx mahallasi raisi ishtirokida mahallada amalga oshirilayotgan infratuzilma loyihalari holati joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 22-To‘polos saylov okrugidan saylangan deputati X.Raxmonova tomonidan Oqqo‘rg‘on mahallasida fuqaro murojaati joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov hamda tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari M.Alibekov tomonidan Baxrin mahallasida ikkinchi ekinlar yetishtirilayotgan maydonlar joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Yig‘ilishda "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi doirasida kambag‘al oilalarni qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini ta’minlash, faol nuroniylarni jalb etish va tomorqalardan samarali foydalanish borasida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.
янв.21
N.Parmanovaning deputatlik so‘roviga tuman elektr tarmoqlari UKboshlig‘i B.Ulug‘murodovdan javob olindi.
янв.21
Kasimova Saodat Shirinbayevnaning deputatlik so‘roviga tuman elektr tarmoqlari UKboshlig‘i B.Ulug‘murodovgadan javob olindi.
30-iyun – Yoshlar kuni muborak!v

30-iyun – Yoshlar kuni muborak!

Hurmatli yoshlar!

Sizlarni 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi nomidan samimiy muborakbod etamiz.

Yurtimiz taraqqiyoti, Vatanimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligini ta'minlashda sizlarning bilim va salohiyatingiz, tashabbuskorligingiz hamda fidokorona mehnatingiz alohida ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda yoshlarning zamonaviy ta'lim olishi, kasb-hunar egallashi, o'z iqtidorini namoyon etishi va munosib hayot kechirishi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.

Sizlarning har bir yutug'ingiz – Yangi O'zbekistonning yutug'i, har bir ezgu maqsadingiz esa Vatanimiz kelajagining mustahkam poydevoridir.

Aziz yoshlar, barchangizga mustahkam sog'liq, cheksiz g'ayrat, ulkan zafarlar, ilm-fan va mehnat yo'lida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Yurtimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligi yo'lidagi ezgu ishlaringizda doimo omad yor bo'lsin!

30-iyun – Yoshlar kuni muborak bo'lsin!

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi