Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Sh. Mirzaqulov tomonidan Ernazarqo‘rg‘on mahallasida olib borilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 23-Pong saylov okrugidan saylangan deputati M.Nurmanova tomonidan Xo‘ja Ismoil mahallasi hokim yordamchisining faoliyati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida ayrim Kengash qarorlariga tahririy aniqlik kiritish bilan bog‘liq masala ko‘rib chiqildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Sh.Mirzaqulov tomonidan Ernazarqo‘rg‘on mahallasida navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Musurmonov Maqsud Musurmon o'g'lining so‘roviga Payariq tumani hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig`ining birinchi o`rinbosari F.Uktamovdan javob olindi.
янв.21
Xudoyberdiyeva Xusniya Buriboyevnaning deputatlik so‘roviga “Hudud gaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali “Payariq tuman gaz” ta’minoti bo‘lim A.O‘ralovdan javob olindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A.Maxammatov, tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti tuman rahbari O‘. Egamberdiyev tomonidan 3-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi B.Shakarov hamda Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan O‘ymovut mahallasida mahalla raisining faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi S.Maxkamov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Jazilov tomonidan tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ–419, 2017-yil 3-yanvar) ijrosi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M. Nurmanova tomonidan fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganilib, ularning mazmuni yuzasidan tahlil ishlari olib borildi.
Fuqarolar murojaati ijrosi ta’minlandi - Hayratiy mahallasida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi

Fuqarolar murojaati ijrosi ta’minlandi - Hayratiy mahallasida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi

📝 Fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning yashash hududidagi muammolarni bartaraf etish hamda mahallalarda obod va xavfsiz muhit yaratish bugungi kunda ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Xalq deputatlari Uchtepa tuman Kengashiga O‘zLiDePdan saylangan "12-Nazarbek" okrugi deputati Xudayberganov Avaz Abrarovichga Hayratiy mahallasi fuqarolari tomonidan Sharof ko‘chasida uzoq yillardan buyon yechimini kutayotgan bir qator muammolar yuzasidan murojaat qilindi.

🗣 Murojaatda mahalla idorasiga kirish qismida joylashgan tadbirkorlik subyektiga tegishli hudud bir necha yillardan buyon qarovsiz qolib ketgani, noqonuniy reklama bannerlari o‘rnatilgani, ariq bo‘ylari chiqindilar bilan to‘lib, suvning erkin oqishiga to‘sqinlik qilayotgani sababli hududning sanitariya va obodonlashtirish holati yomonlashgani bildirilgan.

✅ Mazkur murojaat deputat tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi. O‘rganish jarayonida Hayratiy mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Fayzullo Irgashev, tuman Obodonlashtirish boshqarmasi mutaxassislari hamda mahalla faollari ishtirok etdi.

📈 Deputat tashabbusi bilan tuman Obodonlashtirish boshqarmasi mutaxassislari jalb qilinib, hududda amaliy ishlar tashkil etildi. Xususan, ariq bo‘ylari tozalanib, suvning erkin harakatlanishi ta’minlandi, noqonuniy o‘rnatilgan reklama bannerlari belgilangan tartibda demontaj qilindi. Shuningdek, uzoq yillardan buyon qarovsiz holatda bo‘lgan hudud chiqindilardan tozalanib, atrofi tartibga keltirildi va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

🗣 O‘rganish davomida fuqarolar mazkur tadbirkorlik subyektiga nisbatan ilgari ham bir necha bor ogohlantirishlar berilganiga qaramay, hududni tartibga keltirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilmaganini bildirib, bu boradagi e’tirozlarini bildirdilar. Deputat tomonidan ushbu masala tegishli mutasaddilar ishtirokida muhokama qilinib, kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.

📁 Shuningdek, deputat fuqarolar bilan uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-iyundagi PQ–234-son "Mahallalarni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va qiyofasini tubdan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori mazmun-mohiyatini batafsil tushuntirdi. Mazkur qaror bilan mahallalarda obodonlashtirish ishlarini tizimli tashkil etish, sanitariya holatini yaxshilash, yashil hududlarni kengaytirish hamda aholiga qulay va xavfsiz yashash muhitini yaratish bo‘yicha muhim vazifalar belgilanganini ta’kidladi.

↗️ Deputat amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari aynan ushbu qarorda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, fuqarolar murojaatlariga tezkor munosabat bildirish va mahallalarning zamonaviy qiyofasini shakllantirishga xizmat qilishini alohida qayd etdi. Hayratiy mahallasida amalga oshirilgan ushbu ishlar fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va amaliy yechim topish, davlat organlari, mahalla hamda deputatlar hamkorligining samarali natijasi bo‘lib, mahallada obod va qulay yashash muhitini yaratishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 6