#24_ta_masala
#Deputat_faoliyati
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati N.Ochilova tomonidan Go‘zal mahallasida yashovchi fuqarolardan kelib tushgan murojaat yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida murojaatda ko‘tarilgan masalalar fuqarolar ishtirokida atroflicha muhokama qilinib, mavjud holat tahlil qilindi. Shuningdek, murojaatning mazmun-mohiyatidan kelib chiqib, masalani qonuniy va amaliy jihatdan hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Deputat tomonidan fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning muammo va takliflarini tinglash hamda ijobiy yechim topishga ko‘maklashish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|