#24_ta_masala
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati L.Djamalova tuman MMTBga qarashli 78-sonli umumta’lim maktabida suhbatlashdi.
O'rganish davomida maktabda “Dolzarb 90 kun” doirasida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish uchun yo‘lga qo‘yilgan sport, kitobxonlik, matematika va mental arifmetika to‘garaklari bilan tanishildi.
O‘quvchilarning to‘garaklarda faol ishtirok etayotgani va mashg‘ulotlar belgilangan tartibda olib borilayotgani qayd etildi.
O‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va ularning qiziqishlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|