O‘rganish jarayonida oromgohda yoshlarning yozgi ta’tilini mazmunli va samarali tashkil etish maqsadida kutubxona, kompyuter, shaxmat-shashka hamda sport to‘garaklari faoliyat olib borayotgani bilan tanishildi.
Mazkur to‘garaklar yoshlarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish, bilim va qiziqishlarini rivojlantirish hamda ularni foydali mashg‘ulotlarga jalb etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish — ularning ertangi kuniga qaratilgan muhim sarmoyadir.