Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati N.Ochilova tomonidan davlat xizmatlari hamda FHDYO organlarida fuqarolarga xizmat ko‘rsatish jarayoni o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri Axunov Jamshid Shodiyevich tomonidan yuborilgan deputatlik so‘roviga maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri O‘.Xo‘jamqulov tomonidan belgilangan tartibda javob taqdim etildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova hamda tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi N.Xolmaxammatova mahalla binosida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik yo‘nalishlari bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati L.Djamalova tuman MMTBga qarashli 78-sonli umumta’lim maktabida suhbatlashdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati M.Nurmanova tomonidan Met Xayot xususiy korxonasida “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (yangi tahrir), O‘RQ-399-son Qonuni yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi kotibi N.Ochilova tomonidan fuqarolarning murojaati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya, masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi B.Shakarovning o‘tgan davr mobaynida amalga oshirgan ishlar va kelgusida rejalashtirilgan ustuvor vazifalar yuzasidan hisoboti muhokama qilindi.
янв.21
Payariq tumani budjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan mablagʻlarni yoʻnaltirish toʻgʻrisidagi masala muhokama qilindi.
янв.21
Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanovaning hisoboti yuzasidan.
MAHALLADA XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI YUZASIDAN O'RGANISH OLIB BORILDI.

O'rganish davomida mahallada xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning muammolarini aniqlash va hal etish, bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka jalb etish va ularning jamiyatdagi faolligini yanada oshirishga qaratilgan tashabbuslar yuzasidan fikr almashildi.

Yakunda xotin-qizlar manfaatlarini ta’minlash, ularning murojaatlari bilan manzilli ishlash hamda bu boradagi hamkorlikni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 1