Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Samarqand viloyati shahar va tuman Kengashlari kotibiyatlari mudirlari hamda mutaxassislari ishtirokida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi huzurida Yoshlar maslahat guruhi tarkibiga o'zgartirish kiritish to‘g‘risidagi masala muhokama qilindi
янв.21
Payariq tumani Chelak shahri hududida 24/7, ya’ni tunu kun faoliyat yurituvchi ko‘chani tashkil etish natijasida
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi tuman” loyihasi doirasida Chelak shaharchasida 24/7, ya’ni tunu kun faoliyat yurituvchi ko‘cha tashkil etish rejalashtirilgan.
янв.21
Payariq tumani Chelak shahri hududida 24/7, ya’ni tunu kun faoliyat yurituvchi ko‘chani tashkil etish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi masala muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputatlari J.Axunov hamda M.Musurmanov Alisher Navoiy mahallasida bo‘lib, hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati N.Ochilova tomonidan davlat xizmatlari hamda FHDYO organlarida fuqarolarga xizmat ko‘rsatish jarayoni o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri Axunov Jamshid Shodiyevich tomonidan yuborilgan deputatlik so‘roviga maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri O‘.Xo‘jamqulov tomonidan belgilangan tartibda javob taqdim etildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova hamda tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi N.Xolmaxammatova mahalla binosida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik yo‘nalishlari bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati L.Djamalova tuman MMTBga qarashli 78-sonli umumta’lim maktabida suhbatlashdi.
Deputatlik so‘rovi asosida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi

Deputatlik so‘rovi asosida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining 11-Sabzipoya saylov okrugi deputati S.Ikromov Sabzipoya mahalla fuqarolar yig‘ini hududida fuqarolar murojaati asosida deputatlik so‘rovi bilan amalga oshirilayotgan ishlar jarayoni bilan tanishdi.

Jumladan, hududda o‘rnatilgan beton ustunlarga elektr simlarini tortish ishlari ko‘zdan kechirilib, qurilish-montaj ishlari sifati va muddatlariga alohida e’tibor qaratildi.

Deputat aholi uchun qulay va xavfsiz infratuzilma yaratish maqsadida olib borilayotgan mazkur ishlarning o‘z vaqtida va sifatli yakunlanishi muhim ekanligini ta’kidladi hamda mas’ullar bilan bu borada fikr almashdi.

Fuqarolar murojaatlari asosida amalga oshirilayotgan bunday amaliy ishlar hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholining turmush sharoitlarini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4