Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashining qarori bilan “Ochiq budjet” portali orqali g‘olib bo‘lgan loyiha asosida Sharlauq mahallasi hududida 0,5 gektar maydonda “Yashil bog‘” tashkil etishga ruxsat berildi.
Mazkur tashabbus hududni obodonlashtirish, yashil hududlarni kengaytirish va aholi uchun yanada qulay ekologik muhit yaratishga xizmat qiladi. Bog‘ni tashkil etishda sug‘orish tizimi, yer maydonining holati va ko‘kalamzorlashtirish ishlari puxta yo‘lga qo‘yilishi belgilandi.
Shuningdek, yangi tashkil etiladigan yashil hududdagi daraxtlarni asrash, ularga zarar yetkazilishining oldini olish va jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratiladi.
🌱 Birgalikda yashil va obod hudud sari!