#Deputat_sorovi_javobi
Raxmonova Xusniya Usmonovnaning deputatlik so‘roviga tuman hokimining o‘rinbosari Quvatov Ulug'bekdan javob olindi.
Deputat so'roviga javoban Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2026-yil 17-fevraldagi “Payariq tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla”lar hamda “og‘ir” mahallalarni rivojlantirish Dasturlari doirasida 2026-yilda amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risida”gi VII-22-20-7-100-K/26-sonli qarori asosida Bobur mahallasi hududidagi ichki ko‘chalarni ta’mirlash ishlari ham rejalashtirilganligi.
Mazkur qarorga muvofiq, Bobur mahallasida belgilangan ichki yo‘llarni ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari tasdiqlangan manzilli dastur hamda reja-grafik asosida bosqichma-bosqich amalga oshirilishi belgilanganligi ma’lum qilindi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|