Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining 15-“Istiqlol” saylov okrugidan saylangan deputati U.Xudoyqulov tomonidan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli umumta’lim maktablarida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida o‘quvchilarning yozgi ta’til davrida bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni sport, madaniyat, kitobxonlik, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda turli to‘garaklarga keng jalb etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganish yakunida mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va yoshlarni qamrab olish ko‘lamini yanada kengaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.