#Kengash_sessiyalariga_oid
Qaror ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov va tuman Kengashi deputati M.Musurmonov tomonidan Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2026-yil 17-fevraldagi VII-22-20-7-100-K/26-sonli qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida “Payariq tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla”lar hamda “og‘ir” mahallalarni rivojlantirish dasturlari doirasida 2026-yilda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan Guliston mahallasida mazkur dastur doirasida amalga oshirilayotgan qurilish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirilib, belgilangan vazifalarning ijro holati hamda obyektlarda olib borilayotgan ishlarning sifati va sur’atlari o‘rganildi.
Shuningdek, aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli mas’ullarga tavsiyalar berilib, qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda va sifatli yakunlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|