Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining 11-sonli “Geologlar” saylov okrugidan saylangan deputat A.Hamidov tomonidan “Mustaqillik” mahalla fuqarolar yig‘inida aholi bilan ochiq muloqot va uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, kommunal xizmatlar sifati hamda aholini qiynayotgan boshqa dolzarb masalalar yuzasidan taklif va murojaatlar bildirildi.
Deputat A.Hamidov tomonidan ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berilib, murojaatlarni ijobiy hal etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilandi.
Bunday uchrashuvlar aholi bilan muloqotni mustahkamlash, fuqarolarning fikr va takliflarini o‘rganish hamda hududdagi mavjud muammolarni samarali hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.