#deputat_soʻrovi #Olmazordeputati #deputatlik_faoliyati
📍 Olmazor tumani Bostonobod mahalla fuqarolar yig`inlari 472 sonli DMTT yuzasidan deputatlik so‘rovi kiritildi.
🏛 Fuqarolar murojaatlari hamda joyiga chiqib o‘rganishlar davomida Olmazor tumani Bo'stonobod"okrugi MFY hududida joylashgan 472-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti binosi va hududida ta’mirlash ishlarini amalga oshirish zarurati mavjudligi aniqlandi. Xususan, bino ichki va tashqi qismida joriy ta’mirlash ishlari, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini tartibga keltirish, bolalar maydonchalari hamda obodonlashtirish ishlari talab etilishi kuzatilmoqda.
📝 Mazkur murojaat asosida Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati Fayziyeva Umida Baxramovna tomonidan Olmazor tuman hokimining o‘rinbosariga deputatlik so‘rovi yo‘llandi.
🗣 Deputatlik so‘rovda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar va o‘rganish natijalari bo‘yicha 10 kun muddatda asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish talabi qo‘yilgan. Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olingan.