Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining ijtimoiy soha, sport va madaniyat masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi O‘RQ-528-sonli Qonun ijrosi yuzasidan monitoring ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Navbatdagi o‘rganish jarayonida ishchi guruh Pastdarg‘om tuman Chortut mahallasidagi 15-sonli poliklinikada bo‘lib, muassasada reproduktiv salomatlikni muhofaza qilish, profilaktik tadbirlarni tashkil etish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar holatini o‘rgandi.
Monitoring davomida tibbiyot muassasasidagi mavjud sharoitlar, sohaga oid hujjatlar yuritilishi, aholining tibbiy ko‘riklarga qamrovi va targ‘ibot-tashviqot ishlari yuzasidan mas’ullarning axborotlari tinglandi. Aniqlangan holatlar bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar berildi.