#24_ta_masala
Navbatdagi sessiya muhokamasiga kiritilgan masala yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri O‘.Xo‘jamqulov tomonidan taqdim etilgan hisobotdagi ma’lumotlar asosida 24-umumta’lim maktabi faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida hisobotda keltirilgan ma’lumotlarning haqqoniyligi joyida tahlil qilinib, ta’lim muassasasidagi mavjud shart-sharoitlar, o‘quv jarayonining tashkil etilishi hamda amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.
Hisobotda aks etgan ma’lumotlarning amaldagi holatga mosligi o‘rganish davomida tasdiqlab borildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|