Новости

Последние новости

янв.21
Deputat Musurmanov Maqsud Musurmon o'g'li so‘roviga tuman elektr tarmoqlari UK boshlig‘i B.Ulug‘murodovdan javob olindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati N.Ochilova tomonidan Go‘zal mahallasida yashovchi fuqarolardan kelib tushgan murojaat yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov hamda 2-Dehqonobod saylov okrugi deputati Sobir To‘xtamishovich Maxkamov tomonidan Juvozxona mahallasida o‘rganish va muloqotlar tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov hamda 1-Do‘stlik saylov okrugidan saylangan deputat O‘.Omonov tomonidan Do‘stlik mahallasida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularning murojaat va takliflari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova hamda Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashining 21-Payariq saylov okrugidan saylangan deputati N.Nurmatova tomonidan yoshlar o‘rtasida giyohvandlik va boshqa zararli illatlarning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi 11-Emalach saylov okrugi deputati A. Tavboyev tomonidan Ko'paki mahallasida navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan Mahallalarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasi mablag‘larining sarflanish holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi 1-Do‘stlik saylov okrugi deputati O‘. Omonov Do‘stlik mahallasida bo‘lib, ijtimoiy xodim faoliyati yuzasidan o‘rganish olib bordi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi A.Tavboyev Alisher Navoiy mahallasida bo‘lib, sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan mahalla raisi bilan uchrashdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati N.Parmanova hududdagi tadbirkorlar bilan uchrashib, ularning faoliyati, erishayotgan natijalari hamda kelgusidagi rejalari bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi A.Tavboyev, tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi N.Xolmaxammatova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi N.Jazilov Alisher Navoiy mahallasida bo‘lib, mahalla raisi bilan uchrashdi.
“Yashil O‘zbekiston uchun birlashamiz!” shiori ostida yirik ekologik bayram tadbiri o‘tkazildi

#butun_jahon_atrof_muhit_kuni #tabiatni_asraylik #deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

🌿 “Yashil O‘zbekiston uchun birlashamiz!” shiori ostida yirik ekologik bayram tadbiri o‘tkazildi

🌳 5-iyun – Butunjahon atrof-muhit kuni hamda 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar partiya tashkiloti tashabbusi bilan poytaxtda “Yashil O‘zbekiston uchun birlashamiz!” shiori ostida keng ko‘lamli bayram tadbiri tashkil etildi.

🌱 Tadbirning asosiy maqsadi aholi, ayniqsa yosh avlod o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirish, tabiatga ehtiyotkorona munosabatni shakllantirish, atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash hamda “Yashil O‘zbekiston” umummilliy harakati g‘oyalarini keng targ‘ib etishdan iborat bo‘ldi.

🎤 Tadbirni O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar Kengashi raisi Sevara Fayziyeva hamda partiya Markaziy Kengashi mas’ul xodimi Kamoliddin Ro‘zimatov olib bordi. Bayramda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, deputatlar, ekologiya sohasi mutaxassislari, san’atkorlar, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

🗣 Tadbir davomida Chilonzor tumani hokimi Saidqahhor Xolxo‘jayev, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi raisi o‘rinbosari Oybek Rahimov, Oliy Majlis Senatining Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Sayyora Abdikarimova, O‘zbekiston Ekologik harakati Markaziy Kengashi raisi Boriy Alixonov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Navro‘zbek Yusupov, Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi boshlig‘i Akmal Rasulov, “ORIENT KERAMIK” MChJ ta’sischisi hamda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Ulug‘bek Rasulov, O‘zbekiston davlat musiqa teatri aktrisasi Gulasal Rahmonova va Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi rahbari Sarvar Irgashev so‘zga chiqib, bugungi kunda ekologik muammolarning oldini olish, yashil hududlarni kengaytirish, tabiat boyliklarini asrash va ekologik tarbiya masalalarining dolzarbligi haqida fikr bildirdilar.

🎨 Bayram doirasida bolajonlar uchun “Biz tabiatni sevamiz!” mavzusida rasmlar tanlovi tashkil etildi. Yosh ishtirokchilar tomonidan tabiat manzaralari, yashil makonlar, ekologik muammolar va ularning yechimlariga bag‘ishlangan ijodiy ishlar namoyish etildi. Tanlov bolalarda tabiatga mehr-muhabbat, ekologik mas’uliyat va ijodiy tafakkurni rivojlantirishga xizmat qildi.

🎶 Tadbirning madaniy qismida san’atkorlar ishtirokida kuy-qo‘shiqlar yangradi, bolalar uchun animatsion qahramonlar, ertak obrazlari hamda turli ko‘ngilochar dasturlar tashkil etildi. Bayram davomida ishtirokchilarga quvonchli kayfiyat ulashilib, ekologiya va tabiatni asrash mavzulari qiziqarli chiqishlar orqali targ‘ib qilindi.

🔎 Tadbir yakunida “Biz tabiatni sevamiz!” mavzusidagi rasmlar tanlovida faol ishtirok etgan bolalar munosib taqdirlandi. Shuningdek, ekologiya sohasidagi muammolarni keng jamoatchilikka yetkazish, atrof-muhitni muhofaza qilishga oid targ‘ibot ishlarini yoritishda faollik ko‘rsatib kelayotgan jurnalistlar hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasining faol a’zolari va xodimlariga tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari topshirildi.

🌍 Mazkur bayram tadbiri ekologik ong va madaniyatni yuksaltirish, jamiyatning barcha qatlamlarini atrof-muhitni asrashga da’vat etish hamda yurtimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli ekologik islohotlarni qo‘llab-quvvatlash yo‘lida muhim ahamiyat kasb etdi. Tadbir ishtirokchilari “Yashil O‘zbekiston uchun birlashamiz!” shiori ostida tabiatni asrash barchamizning umumiy burchimiz ekanini yana bir bor ta’kidladilar.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10