Новости

Последние новости

янв.21
Navbatdagi yigirma sakkizinchi sessiya chaqirilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi tomonidan 8-12-iyun kunlari belgilangan ish rejasining ijrosi doirasida bir qator ishlar amalga oshirildi.
янв.21
Raxmonova Xusniya Usmonovnaning deputatlik so‘roviga tuman hokimining o‘rinbosari Quvatov Ulug'bekdan javob olindi.
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputatlari Z.Yusupova va S.Norboyeva hamda tuman Kengashi deputati N.Ochilovalar tomonidan Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2026-yil 13-fevraldagi VII-26-25-7-0-K/26-son qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati X.Raxmonova tomonidan Bobur mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolarning 90-sonli umumta’lim maktabi hamda 31-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotiga olib boruvchi yo‘lni ta’mirlash bo‘yicha murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ-937-sonli Qonuni ijrosi yuzasidan Payariq tumanida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati F.Shakarov tomonidan Yangiobod mahallasidagi oilaviy poliklinikada o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati F.Shakarov tomonidan Yangiobod mahallasida joylashgan 12-son maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati F.Dehqonova Bunyodkor mahallasida xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi kotibi F.Shakarov tomonidan 10-son umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.
Xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashi kotibiyat mudiri O.Anarov tomonidan Bo‘ka tumani Kengashi kotibiyati faoliyati o‘rganildi.

#kotibiyat_faoliyati

Xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashi kotibiyat mudiri O.Anarov tomonidan Bo‘ka tumani Kengashi kotibiyati faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Bo‘ka tumani Kengashi doimiy komissiyalarining hujjatlarini rasmiylashtirish holati;
E-kengash elektron platoformasida deputatlarga kelib tushgan murojaatlar holati;
deputatlarning o‘z okruglariga chiqish jarayonida berilgan tavsiyalar asosida saylovchilar bilan olib borayotgan ishlar holati ko‘rildi.

Xalq deputatlari Bo‘ka tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining 2026 yil 18 maydagi “O‘zbekiston mahallalar uyushmasi Bo‘ka tumani bo‘limi boshlig‘ining Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasining 2026 yil 1-chorak daromadlari va harajatlari ijrosi bo‘yicha hisoboti to‘g‘risida”gi va 2026 yil 4-iyundagi “Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘ining o‘quv yili yakunlari bo‘yicha hisoboti to‘g‘risida”gi masalalar tavsiya etilgan namunalar asosida rasmiylashtirilganligi ma’lum bo‘ldi.

O‘rganish yakunida “Ekspertlar guruhi” a’zolari bilan hamkorlikni kuchaytirish va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook

Slide 1 of 2