Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati F.Shakarov tomonidan Yangiobod mahallasida joylashgan 12-son maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati F.Dehqonova Bunyodkor mahallasida xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi kotibi F.Shakarov tomonidan 10-son umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati F.Dehqonova Bunyodkor mahallasida hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash hamda oilalarning ijtimoiy holatini yaxshilash borasidagi faoliyat bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Loyiha ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov va tuman Kengashi deputati M.Musurmonov tomonidan Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2026-yil 17-fevraldagi VII-22-20-7-100-K/26-sonli qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi L.Djamalova tomonidan Ijtimoiy soha yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi M.Nurmanovaning o‘tgan davr mobaynida amalga oshirgan ishlari hamda kelgusidagi ustuvor vazifalari yuzasidan hisoboti ko‘rib chiqildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati F.Dehqonova Bunyodkor mahalla raisi bilan uchrashib, hududda amalga oshirilayotgan ishlar hamda mavjud muammolar holati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
CHOSHTEPA MAHALLASI BINOSI QURILISH ISHLARI KO‘ZDAN KECHIRILDI
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov hamda tuman hokimligi bosh mutaxassisi G'.Eltoyev tomonidan tumanda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi.
Po‘latchi mahallasidagi muammolar muhokama qilindi

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi kotibiyat mudiri B.Oblanov hamda tuman Kengashi deputati D.Xushvaqtovlar hamkorlikda tumandagi Po‘latchi mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

➡️Uchrashuv davomida mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, aholini qiynayotgan dolzarb masalalar hamda ularning yechimlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Xususan, Po‘latchi mahallasi fuqarolar yig‘ini raisi D.Mardonov hududdagi elektr energiyasi ta’minoti va ichimlik suvi bilan bog‘liq mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdi.

➡️Shuningdek, uchrashuvda mazkur masalalarni hal etishda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish, aholi murojaatlariga tezkor munosabat bildirish hamda infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni belgilash yuzasidan fikrlar bildirildi.

➡️Yakunda Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi kotibiyat mudiri B.Oblanov va tuman Kengashi deputati D.Xushvaqtov tomonidan mahalla faoliyati samaradorligini oshirish hamda mavjud muammolarni bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3