Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Sh. Mirzaqulov tomonidan Ernazarqo‘rg‘on mahallasida olib borilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 23-Pong saylov okrugidan saylangan deputati M.Nurmanova tomonidan Xo‘ja Ismoil mahallasi hokim yordamchisining faoliyati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida ayrim Kengash qarorlariga tahririy aniqlik kiritish bilan bog‘liq masala ko‘rib chiqildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Sh.Mirzaqulov tomonidan Ernazarqo‘rg‘on mahallasida navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Musurmonov Maqsud Musurmon o'g'lining so‘roviga Payariq tumani hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig`ining birinchi o`rinbosari F.Uktamovdan javob olindi.
янв.21
Xudoyberdiyeva Xusniya Buriboyevnaning deputatlik so‘roviga “Hudud gaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali “Payariq tuman gaz” ta’minoti bo‘lim A.O‘ralovdan javob olindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A.Maxammatov, tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti tuman rahbari O‘. Egamberdiyev tomonidan 3-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi B.Shakarov hamda Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan O‘ymovut mahallasida mahalla raisining faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi S.Maxkamov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Jazilov tomonidan tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ–419, 2017-yil 3-yanvar) ijrosi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M. Nurmanova tomonidan fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganilib, ularning mazmuni yuzasidan tahlil ishlari olib borildi.
Payariq Tez tibbiy yordam stansiyasining yangidan qurilayotgan binosi qurilish ahvoli bilan tanishishib, quruvchilar va mutaxassislar bilan qurilish-ta’mirlash ishlarining sifati va borishi haqida suhbatlashishdi.

DEPUTATLAR QURILISH ISHLARI BILAN TANISHISHDI

Bugun xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari J.Axunov, A. Maxammatov. A. Tavboyev, tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi bosh mutaxassisi A. Haydarov, viloyat qurilish tashkilotlari mutasaddilari ishtirokida tumanda qurilayotgan, joriy ta’mirlanayotgan binolarning holatini ko‘zdan kechirishdi.  

Tumnimizda ko‘plab qurilishlar, bunyodkorlik ishlari davom etmoqda. Turli dasturlar va “Tashabbusli byudjet” loyihalari asosilda olib borilayotgan bu ishlar tumanimiz qiyofasini kundan kunga go‘zal qilib borishi tayin.

Ammo sodir bo‘layotgan bu o‘zgarishlar natijasi o‘laroq yuzaga kelayotgan bu yangilanishlar natijasida xalqimizga uzoq yillar xizmat qilib beradigan ijtimoiy soha ob’yektlari, obodonchilik va bunyodkorlik ishlari yuzaga kelsa xo‘bu xo‘b. Ammo sifat darajasi ham muhim vazifalardan biri. Ular 5, 10, 97-umumta’lim maktablarida yangidan barpo etilayotgan o‘quv xonalari, sport zal, oshxona, majlislar zali, Qo‘shtegirimon qishlog‘ida yangidan barpo etilayotgan sport kompleksi, Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi binosi joriy ta’miri, Payariq Tez tibbiy yordam stansiyasining yangidan qurilayotgan binosi qurilish ahvoli bilan tanishishib, quruvchilar va mutaxassislar bilan qurilish-ta’mirlash ishlarining sifati va borishi haqida suhbatlashishdi.

Slide 1 of 6