Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 17-Tomoyrot saylov okrugidan saylangan deputati Xudoyberdiyeva Xusniya Buriboyevna hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan yaqindan muloqot qilib, ularning faoliyati, mavjud muammolari hamda kelgusidagi rejalari bilan qiziqdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova xotin-qizlar bilan yaqindan muloqot qilib, ularning bandligini ta’minlash, ish bilan ta’minlanish borasidagi murojaatlari hamda mavjud muammolarini o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 23-Pong saylov okrugidan saylangan deputati M.Nurmanova tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 16-sentabrdagi O‘RQ-407-sonli “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyati tahlil qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova tomonidan fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash jarayonida fuqaro imtiyozli kredit olishda amaliy yordam so‘rab murojaat qildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi kotibi M. Musurmonov tomonidan Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2026-yil 17-fevraldagi VII-22-20-7-100-K/26-son qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
2026-yil 21-oktabr kuni Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining DKQ03-04/100-26-son qarori qabul qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 8-O‘rtato‘sin saylov okrugidan saylangan deputati B.Shakarov G‘allakor mahallasida saylovchilar bilan uchrashdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashiga kelib tushgan deputat so‘roviga javoban, maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlariga bir martalik mukofot puli to‘lash tartibi tushuntirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Sh.Mirzaqulov hamda Kengash kotibiyati mudiri J. Axunov tomonidan Beshqorgon mahallasida “Ochiq budjet” loyihasi doirasida asfaltlangan yo‘lning holati ko‘zdan kechirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 16-Mustaqillik saylov okrugidan saylangan deputati Muxabbat Kazakova tomonidan tumanda 2026-yilning III choragi davomida mahalliy budjetga tushumlar holati o‘rganildi.
Kengash raisi faoliyati

Kengash raisi faoliyati

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi raisi Qo‘zimurotov Abdusalom Javliyevich tomonidan Karvon mahallasidagi 20-sonli umumta’lim maktabida joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.O‘rganish jarayonida maktabdagi ma’naviy-ma’rifiy muhit, milliy va ma’naviy burchaklar faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, ta’lim muassasasida yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv jarayonining bugungi holati hamda pedagog xodimlarning faoliyati yuzasidan maktab jamoasi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Muloqot davomida Kengash raisi tomonidan yosh avlodni vatanparvarlik, milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ta’lim sifatini yanada oshirish hamda ma’naviy ishlarni kuchaytirish bo‘yicha fikr va takliflar bildirildi.Kengash raisi tomonidan ta’lim maskanlarida olib borilayotgan bunyodkorlik va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli davom ettirish muhim ekani alohida ta’kidlandi.

Slide 1 of 1