Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 17-Tomoyrot saylov okrugidan saylangan deputati Xudoyberdiyeva Xusniya Buriboyevna hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan yaqindan muloqot qilib, ularning faoliyati, mavjud muammolari hamda kelgusidagi rejalari bilan qiziqdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 23-Pong saylov okrugidan saylangan deputati M.Nurmanova tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 16-sentabrdagi O‘RQ-407-sonli “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyati tahlil qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova tomonidan fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash jarayonida fuqaro imtiyozli kredit olishda amaliy yordam so‘rab murojaat qildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi kotibi M. Musurmonov tomonidan Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2026-yil 17-fevraldagi VII-22-20-7-100-K/26-son qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
2026-yil 21-oktabr kuni Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining DKQ03-04/100-26-son qarori qabul qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 8-O‘rtato‘sin saylov okrugidan saylangan deputati B.Shakarov G‘allakor mahallasida saylovchilar bilan uchrashdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashiga kelib tushgan deputat so‘roviga javoban, maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlariga bir martalik mukofot puli to‘lash tartibi tushuntirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Sh.Mirzaqulov hamda Kengash kotibiyati mudiri J. Axunov tomonidan Beshqorgon mahallasida “Ochiq budjet” loyihasi doirasida asfaltlangan yo‘lning holati ko‘zdan kechirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 16-Mustaqillik saylov okrugidan saylangan deputati Muxabbat Kazakova tomonidan tumanda 2026-yilning III choragi davomida mahalliy budjetga tushumlar holati o‘rganildi.
янв.21
Deputat so‘roviga Payariq TETK mutaxassislari tomonidan berilgan javobga ko‘ra, Boshcho‘rosh mahallasining Boshcho‘rosh-2 qishlog‘ida transformatorga yuklama ortgani hamda elektr uzatish havo tarmoqlari eskirgani aniqlangan.
IJTIMOIY HIMOYA — INSON QADRI MEZONI: MAHALLADA EHTIYOJMAND AHOLIGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR VA YARATILAYOTGAN IMKONIYATLAR O'RGANILDI.

O‘rganish davomida mahallada nogironligi bo‘lgan 57 nafar fuqaro, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan 31 nafar shaxs hamda davlat ta’minotidagi 12 nafar fuqaro mavjudligi aniqlandi. Shuningdek, kambag‘allik chegarasida yashayotgan 11 ta oila bilan manzilli ishlash ishlari olib borilayotgani qayd etildi.

 Fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2 ta nogironlik aravachasi va 2 dona qo‘ltiqtayoq ajratildi. Shuningdek, 18 nafar fuqaroga oziq-ovqat mahsulotlari va kiyim-kechak shaklida ijtimoiy yordam ko‘rsatildi.

Mazkur o‘rganishlar aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash va ularning hayot sifatini yaxshilashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 1