Новости

Последние новости

янв.21
14-may kuni Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputatlarining faoliyatiga oid yangiliklar bilan tanishasiz.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati N.Ochilova tomonidan hududda amalga oshirilayotgan 310 xonadonli qurilish ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Sh.Mirzaqulov tomonidan Payariq “Elit kommunal” MChJ boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
#Yoshlar_maslahat_guruhi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati S.Kasimova tomonidan Boshqo‘rg‘on mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati, yoshlar bilan ishlash samaradorligi hamda ularning bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati M.Musurmanov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N. Jazilovlar tomonidan Guliston mahallasida aholi iste’moli uchun zarur bo‘lgan asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining narx-navosi hamda ularning yetarliligi holati o‘rganildi.
янв.21
Maxkamov Sobir Tuxtamishovichning deputatlik so‘roviga “Samarqand suv ta‘minoti ” AJ Payariq tumani filiali boshlig‘i J.Abdullayevdan javob olindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati S.Kasimova tomonidan Boshqo‘rg‘on mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati hamda mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati N.Ochilova tomonidan Go‘zal mahallasining Uyg‘in ko‘chasida hudud infratuzilmasi, ichki yo‘llarning holati hamda sanitariya-tozalik ishlari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga asosan 10-Darvishiq saylov okrugi deputati A.Maxammatov bilan birgalikda o‘rganish ishlari olib borildi.
❗️ Xalq deputatlari shahar Kengashining 22-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

❗️ Xalq deputatlari shahar Kengashining 22-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi yigirma ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar, tegishli idoralar rahbarlari, jamoatchilik vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

📊 Sessiya davomida poytaxt hayotining muhim yo‘nalishlari — jinoyatchilik, jamoat transporti, soliq tushumlari, investitsiya loyihalari, ta’lim, ekologiya va aholi murojaatlari bilan ishlash masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.

💬 Muhokamalar deputatlar tomonidan puxta, tahliliy yondashuv asosida hamda savol-javoblarga boy tarzda olib borildi.

📝 Kun tartibidagi asosiy masalalar:

🔺 O.O. Muminov to‘g‘risida tashkiliy masala yuzasidan Sessiya raisi – Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi raisi Taxirov Madjid Xamidovich tomonidan axborot berildi.

🔺 Toshkent shahridagi Xalq qabulxonasining 2026-yil I-chorak davomida hududdagi davlat organlari va tashkilotlar rahbarlari faoliyati hamda murojaatlar bilan ishlash holati to‘g‘risidagi axborotini eshitish haqida Toshkent shahar Xalq qabulxonasining bosh mutaxassisi Orziyev Tolibjon Nazarovich axborot berdi.

🔺 2026-yil I-chorak davomida Toshkent shahrida jinoyatchilikni qisqartirish va korrupsiyaning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Toshkent shahar prokurori o‘rinbosari Azimov Azamat Avazovich hamda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Mirsadikov Dilmurod Mirxamdamovich tomonidan axborot berildi.

🔺 Toshkent shahrida huquqbuzarliklarni oldini olish va ularning profilaktikasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Mirsadikov Dilmurod Mirxamdamovich hisobot berdi.

🔺 Toshkent shahrida jamoat transportining o‘z vaqtida harakatlanishini ta’minlash borasida ko‘rilayotgan choralar to‘g‘risida Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari Baxtiyev Abdurahmon Abdurashitovich hisobot berdi.

🔺 “Xalq nazorati” elektron platformasi orqali yuborilgan xabarlar hamda ularning ko‘rib chiqilishi holati to‘g‘risida Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari Xen Aleksey Fyodorovich axborot taqdim etdi.

🔺 Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig‘ining 2026-yil I-chorak davomida mahalliy byudjet daromadlari bajarilishi holati, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash bo‘yicha qilingan ishlar, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida byudjetga hisoblangan va amalda to‘langanligi hamda ular bo‘yicha soliq qarzdorligi to‘g‘risidagi hisoboti haqida Toshkent shahar Soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Ibragimov Akbarxon Akromxonovich hisobot berdi.

🔺 Yuridik shaxslarning mol-mulk va yer solig‘ini to‘lash muddatini kechiktirish hamda bo‘lib-bo‘lib to‘lash to‘g‘risida ham mazkur masala doirasida ko‘rib chiqildi.

🔺 Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi investitsiya loyihalarini ko‘rib chiqish to‘g‘risida “Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyatining Biznesni strategik rivojlantirish va investitsiya boshqarmasi boshlig‘i Boltayev Jasurbek Baxtiyerovich axborot berdi.

🔺 Toshkent shahar Kasbiy ta’lim boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar hamda talabalar turar joylaridagi muammolar, yashash sharoitlari va ta’lim muassasalarida noxush holatlarning oldini olish bo‘yicha ko‘rilgan choralar to‘g‘risida Toshkent shahar Kasbiy ta’lim boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Xodjamqulov Javlonbek Baxtiyor o‘g‘li hisobot berdi.

🔺 Toshkent shahrida maktabgacha va maktab ta’limi tizimini rivojlantirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida Toshkent shahar Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi Raximjonov Jamshid Rafiqjon o‘g‘li hisobot taqdim etdi.

🔺 “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida iqlim o‘zgarishining oldini olish, atmosfera havosini muhofaza qilish, hududlarni ko‘kalamzorlashtirish yuzasidan hamda suv xo‘jaligi obyektlaridan foydalanish va suv resurslari bilan ta’minlashdagi muammolarni o‘rganish natijalari to‘g‘risida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i Rasulov Akmal Asqarovich hisobot berdi.

🔺 Toshkent shahrida soddalashtirilgan tartibda amalga oshiriladigan davlat-xususiy sheriklik loyihalarining manzilli ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Abdujabbarov Umidjan Luxmanjanovich hisobot taqdim etdi.

🔺 Toshkent shahrida 2026-yilda mahallalar infratuzilmasini yaxshilash orqali xizmatlar sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga shart-sharoitlar yaratish va aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan loyihalar uchun Respublika byudjetidan ajratilgan mablag‘lardan foydalanish to‘g‘risida Toshkent shahar Turizm boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Allanov Zafar Abdimuratovich hamda Toshkent shahar Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi Xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Dalaboev Abdurashid Abduvalievich hisobot berdi.

🔺 Toshkent shahar mahalliy byudjetining 2026-yildagi qo‘shimcha manbalarini xarajatlarga yo‘naltirish to‘g‘risida tegishli tashkilotlar rahbarlarining axborotlari tinglandi.

⏺️ Sessiya yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, mas’ul tashkilotlarga aniq topshiriqlar berildi.

📌 Toshkent shahar Kengashi faoliyati haqida eng so‘nggi ma’lumotlardan xabardor bo‘lishni istasangiz — bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 10