#24_ta_masala
#Deputat_faoliyati
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati L.DJamolova “Kattasaydov” mahallasida bo‘lib, mahallada olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Xalq deputatlari tuman Kengashining 18-O‘rtasaydov saylov okrugidan saylangan deputati L.DJamolova “Kattasaydov” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahallada amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganish jarayonida mahalladagi hokim yordamchisi hamda yoshlar yetakchisi bilan uchrashuv o‘tkazilib, yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish, ularning bandligini ta’minlash, shuningdek sportning turli yo‘nalishlariga keng jalb qilish borasida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.
Shuningdek, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan fikr almashinib, tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377) Facebook (https://www.facebook.com/share/1CUpgvKLYL/)|instagram (https://www.instagram.com/xalq_deputatlari_kengash/)