Uchrashuv davomida tegishli tashkilotlar vakillari ishtirokida aholi tomonidan bildirilgan murojaatlar atroflicha ko‘rib chiqildi. Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalar yuzasidan mas’ul idoralarga tegishli topshiriqlar berilib, ularni ijobiy hal etish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar belgilandi.
📄 Shuningdek, mahalla hududida mavjud ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, infratuzilmani yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash hamda fuqarolarning turmush darajasini oshirishga qaratilgan taklif va mulohazalar muhokama qilindi. Yig‘ilishning muhim qismida vakant bo‘lib turgan Gulobod mahallasi fuqarolar yig‘ini raisi lavozimiga munosib nomzodlarni tanlash masalasi mahalla faollari ishtirokida ko‘rib chiqildi. Ushbu jarayonda mahallani yanada rivojlantirish, boshqaruv samaradorligini oshirish hamda aholiga yaqin tizimni shakllantirish bo‘yicha fikr almashildi.
✔️Uchrashuv yakunida ko‘tarilgan masalalarni tizimli ravishda hal etish bo‘yicha kelishuvga erishildi va ijro intizomi ustidan nazoratni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.