Yig‘ilishda davlat organlari tomonidan Kengashga taqdim etiladigan hisobot va axborotlarni doimiy komissiyalar yig‘ilishlarida ko‘rib chiqish tartibini takomillashtirish, ularni sifatli tahlil qilish hamda samarali muhokama etish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.
💠Shuningdek, mazkur jarayonda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, jamoatchilik oldida hisobdorlikni kuchaytirish, hamda Kengash faoliyatida nazorat-tahlil funksiyalarini yanada samarali tashkil etish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
✅Yig‘ilish yakunida davlat organlari hisobotlarini ko‘rib chiqishda yagona yondashuvni shakllantirish, komissiyalar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda tegishli tavsiyalarni ishlab chiqish bo‘yicha kelishib olindi.