#24_ta_masala
Zarafshon mahallasida aholi muammolarini o‘rganish va ularni hal etish bo‘yicha deputatlik faoliyati.
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 21-“Zarafshon” saylov okrugidan saylangan deputati Sh. Mirzaqulov Zarafshon mahallasida xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori hamda yoshlar yetakchisi bilan uchrashib, mahallada amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Uchrashuv davomida aholi, ayniqsa xotin-qizlar va yoshlar bandligini ta’minlash, ularni qo‘llab-quvvatlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda ijtimoiy muammolarni bartaraf etish borasida olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Shuningdek, deputat tomonidan saylovchilar bilan muloqot o‘tkazilib, ularni qiziqtirayotgan masalalar tinglandi hamda kelib tushgan murojaatlar atroflicha o‘rganildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377) Facebook| (https://www.facebook.com/share/1CUpgvKLYL/)instagram (https://www.instagram.com/xalq_deputatlari_kengash/)