Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputatlari faoliyatida qonunchilikni chuqur o‘rganish va amaliyotda samarali qo‘llash maqsadida eng muhim normativ-huquqiy hujjatlar deputatlar o‘rtasida taqsimlab berildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 15-“Toshhovuz” saylov okrugidan saylangan deputati F.Dehqonova Toshhovuz mahallasida kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan fuqarolar bilan olib borilayotgan ishlar va ularning natijadorligiga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etdi.
янв.21
Zarafshon mahallasida aholi muammolarini o‘rganish va ularni hal etish bo‘yicha deputatlik faoliyati.
янв.21
Payariq tumanida ta’lim sohasini rivojlantirish, mavjud infratuzilmani yaxshilash hamda o‘quvchilar uchun zamonaviy sharoitlar yaratish borasida olib borilayotgan ishlar holatini o'rganish maqsadida 92-sonli umumta’lim maktabidagi qurilish ishlari o'rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati M.Nurmanova “Xo‘jaobod” mahallasida xotin-qizlar faoli hamda ijtimoiy xodimlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishib, ular bilan muloqot o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan tuman hokimi o'rinbosari U.Quvatovga deputatlik so'rovi yuborildi.
янв.21
Payariq tumanida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlariga kiritilgan loyihalar monitoring qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi S.Kasimova hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Jazilov tomonidan tumanda hunarmandchilikni rivojlantirishga oid hujjatlar ijrosi holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati N.Ochilova tomonidan Go‘zal mahallasida joylashgan “Manzura bonu” nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
#Sessiya_qarori
Mirobod tumani "Lolazor" mahallasidagi muammolar deputatlar e’tiborida

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Otabek Jiyanbayev, Mirobod tuman Kengashi deputatlari Gulchehra Rixsiyeva, G.Kulmatova va F.Muxitdinova “Lolazor” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hudud infratuzilmasini yaxshilash hamda aholini qiynab kelayotgan ijtimoiy-maishiy muammolarni o‘rganishdi. O‘rganish jarayonida deputatlarga tuman 2-sonli ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i O. Po‘latov, mahalla raisi M.Axmedov, profilaktika inspektori, qurilish kompaniyasi vakillari hamda mahalla faollari hamrohlik qilib, muammolar yuzasidan batafsil ma’lumot berishdi. Xususan, hududda istiqomat qiluvchi fuqaro Kadriya Shukurova tomonidan mahalla binosi ortida joylashgan bolalar maydonchasining holatini yaxshilash, uni zamonaviy talablarga mos ravishda rekonstruksiya qilish zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek, mavjud sharoitlar bolalar uchun yetarli emasligi qayd etilib, yangi, keng va qulay bolalar hamda sport (workout) maydonchalarini barpo etish bo‘yicha takliflar ilgari surildi. Shu bilan birga, mahalla binosining joriy holati va yangi bino qurilishi masalasi ham muhokama qilindi. Biroq aholi vakillari ustuvor yo‘nalish sifatida aynan bolalar va yoshlar uchun infratuzilmani rivojlantirish masalasiga e’tibor qaratish lozimligini bildirishdi. Mahalla faollari va deputatlar tomonidan hudud xavfsizligini ta’minlash, fuqarolar osoyishtaligini mustahkamlash masalalari ham ko‘tarildi. Mazkur yo‘nalishda tuman 2-sonli IIB rahbariyati bilan joyida muhokama o‘tkazib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda nazoratga olish yuzasidan kelishuvga erishdilar. Deputatlar tomonidan ushbu yo‘nalishdagi masalalar umumlashtirilib, Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida muhokama qilinishi to‘g‘risida ma’lumot berildi. O‘rganish yakunida aholining ko‘targan barcha masalalari yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralar ko‘rilishini, muammolar bosqichma-bosqich hal etilishi deputatlar tomonidan nazoratga olinishi ta’kidlandi. Xulosa sifatida aytish joizki, deputatlarning joylarga chiqib, aholi bilan bevosita muloqotda bo‘lishi hududlardagi haqiqiy muammolarni aniqlash va ularni samarali hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday ochiq muloqotlar fuqarolarning davlat boshqaruvidagi ishtirokini kuchaytirib, aholining ehtiyoj va talablarini inobatga olgan holda qarorlar qabul qilinishiga xizmat qiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
Telegram tarmog‘ida:
https://t.me/MirobodKengash
Facebook tarmog‘ida: https://www.facebook.com/share/p/1CMZpdqxre/ 

Slide 1 of 6