35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

«SOBIROBOD» MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH VA KO‘KALAMZORLASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI

Mahallalarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini samarali tashkil etish, hududlarni yanada fayzli va ko‘rkam qiyofaga keltirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish maqsadida deputatlik nazorati doirasida hududda o‘rganish olib borildi.

🇺🇿Xalq deputatlari Kengashi deputati Normetova S. tomonidan «Sobirobod» mahallasida hududni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, yashil maydonlarni asrab-avaylash hamda jamoat joylarini tartibga keltirish borasidagi ishlar ko‘zdan kechirildi.

🌱O‘rganish davomida mahalla hududida obodonlashtirish ishlari izchil olib borilayotgani, ko‘chalar va umumiy foydalanishdagi hududlarni tartibga keltirish, yashil maydonlarni yanada ko‘paytirish hamda mahallaga yanada chiroyli va ozoda qiyofa berishga alohida e’tibor qaratilayotgani qayd etildi.

🇺🇿Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bayramiga munosib tayyorgarlik ko‘rish doirasida hududni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va bayramona qiyofaga keltirish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 3