Xonadon tomorqasidagi imkoniyatlar o‘rganildi
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati Z.Shodmonov hamda mahalla faollari tomonidan Bog‘ishamol MFY, M.Qoshg‘oriy ko‘chasida istiqomat qiluvchi tadbirkor Ahmedov Jamshid xonadoniga tashrif buyurilib, tomorqa yeridan foydalanish holati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida xonadon tomorqasida yaratilgan sharoitlar, yer maydonidan foydalanish samaradorligi hamda qo‘shimcha daromad olish uchun mavjud imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi. Tomorqadan unumli foydalanish orqali turli mahsulotlarni yetishtirish, xonadon ehtiyojini ta’minlash bilan birga, ortiqcha mahsulotlarni realizatsiya qilish hisobiga oilaviy daromadni ko‘paytirish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.
Deputat tomonidan tomorqa yerlarini qarovsiz qoldirmaslik, har bir qarich yerdan samarali foydalanish va mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.