35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🌉 DEPUTAT TASHABBUSI — MUAMMO AMALIY YECHIM TOPDI!

🏘 Sherobod tumanining “G‘ambur” va “Do‘stlik” mahallalari chegarasidagi O. Ziyokulov ko‘chasidan kesib o‘tuvchi suv yo‘lidagi quvur ta’mirtalab holatga kelib, aholi va transport vositalarining harakatlanishida noqulayliklar yuzaga keltirayotgan edi.

📍 Mazkur muammo 17-G‘ambur saylov okrugi deputati To‘rayeva Sahovat G‘aniyevna tomonidan o‘rganilib, uni bartaraf etish yuzasidan tegishli amaliy choralar ko‘rildi.

🤝 Deputat tashabbusi va mahalla tadbirkorlarining homiylik ko‘magi bilan mavjud ta’mirtalab quvur o‘rniga yangi quvur o‘rnatilib, ko‘chaning mazkur qismi qayta ta’mirlandi.

🚗 Natijada ushbu hududda aholi va transport vositalarining xavfsiz hamda qulay harakatlanishi uchun sharoit yaxshilandi.

✨ E’tiborlisi, aholiga noqulaylik tug‘dirayotgan muammoni joyida o‘rganish, tashabbus ko‘rsatish va mahalla tadbirkorlari bilan hamkorlikda uni amaliy hal etish — deputatlik faoliyatining muhim jihatlaridan biridir.

👏 Mazkur xayrli ishga hissa qo‘shgan mahalla tadbirkorlariga minnatdorchilik bildiramiz!

🌱 Muammo joyida o‘rganilsa, hamkorlik yo‘lga qo‘yilsa — natija albatta bo‘ladi!

Slide 1 of 5