Ko‘chalar kesimida Muammolar o‘rganildi
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati M. Artiqova Uyg‘ur
mahallasidagi saylovchilari bilan uchrashib, hududdagi mavjud muammolarni
ko‘chalar kesimida o‘rgandi.
Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar
atroflicha tinglanib, ularning ayrimlari joyida bartaraf etildi. Qo‘shimcha
o‘rganish va tegishli tashkilotlar vakolatiga kiruvchi masalalar esa mas’ul
tashkilotlarga yo‘naltirildi.
Bunday ochiq muloqotlar deputatning saylovchilar bilan doimiy aloqasini
mustahkamlash, hududdagi muammolarni manzilli o‘rganish hamda ularning qonuniy
manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Deputat M.Artiqova saylovchilarning murojaatlarini nazoratga olib, muammolar yechimini
ta’minlash bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni davom ettiradi.